Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, O’zbekiston futzal terma jamoasi 25-30 iyul kunlari Tailandda tashkil etilayotgan “Continental” xalqaro turnirida qatnashadi.

Mazkur turnirda umumiy hisobda 8 ta mamlakat vakillari ishtirok etadi va ulardan 5 ta jamoa 2021-yilgi Jahon chempionati yo’llanmasiga ega chiqqan hisoblanadi. Ular O’zbekiston, Tailand, Eron, Misr va Litva futzal terma jamoalari.

Musobaqaning A guruhida futzalchilarimiz Tailand, Kosovo va Mozambik vakillariga qarshi kurash olib boradi. Eron, Misr, Tojikiston va Litva futzal terma jamoalari esa B guruhidan joy egallaydi.

Ertaga futzalchilarimiz ushbu musobaqadagi o’z ishtiroklarini boshlaydi. Bangkok shahridagi “Show DC” markazida o’tadigan dastlabki bahsda terma jamoamizga Kosovo vakillari raqiblik qiladi. Mazkur uchrashuv yurtimiz vaqti bilan soat 13.00 da start oladi.

KosovO futzal terma jamoasi turnirga qadar Gollandiya bilan ikkita o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazgan. Dastlabki bahsda durang natija qayd etilgan, ikkinchi o’yinda esa kosovoliklar imkoniyatni boy bergan (0-0, 1-3). Tailand vakillari esa may oyida Jahon chempionati yo’llanmasi uchun iroqliklar bilan kurash olib borib, ikki bahsni ham o’z foydasiga hal etgan (7-2, 4-0).

Guruhda birinchi va ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar 29-iyul kungi yarimfinal o’yinlariga yo’llanma oladilar. Final uchrashuvi 30-iyul kuni tashkil etiladi.

“Continental” xalqaro futzal turniri
A guruhi
Tailand
O’zbekiston
Kosovo
Mozambik

B guruhi
Eron
Misr
Tojikiston
Litva

O’zbekiston futzal terma jamoasi ishtirokidagi guruh bosqich uchrashuvlari
1-tur | 25.07.2021
13.00 | O’zbekiston – Kosovo

2-tur | 26.07.2021
13.00 | Mozambik – O’zbekiston

3-tur | 27.07.2021
15.00 | Tailand – O’zbekiston