Free ebooks Library zlibrary project

Bugun CAFAning navbatdan tashqari yig’ilishi o’tkazildi. Unda O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, bosh kotib Avaz Maksumov va O’FA mutaxassisi Muhammadsodiq Sodiqoxunov ishtirok etdilar.

Kongressda dastavval kun tartibi va undan o’rin olgan masalalar tasdiqlab olindi. Yig’ilish avvalida CAFAning 5-kongressida belgilangan vazifalar va 2020-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.

Kongress davomida Markaziy Osiyo mintaqasida yuqori sifatli musobaqalarni o’tkazish, mintaqa futbolini qit’a hamda jahon miqyosida yuqori pog’onalarga olib chiqish masalalari ko’rib chiqildi.

2021-2022 yillar oralig’ida qilinishi kerak bo’lgan ishlar muhokama qilindi. Kongress yakunida CAFA prezidenti Rustam Emomali so’z olib, oldindagi zarur vazifalarni belgilab berdi.