Free ebooks Library zlibrary project

Bugun 9-fevral kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Belarusga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Ushbu bahsda vakillarimiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Mazkur uchrashuvdagi gollarga Dmitriy Shimanovski (2’) va Vladislav Sialyuk (11’) mualliflik qildi. Bahs avvalida esa kuni kecha 60 yillik yubileyini nishonlagan futzal murabbiyi Aleksandr Petrov esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bugun 7-fevral kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Belarusga qarshi nazorat uchrashuvi oʻtkazdi. Ushbu bahsda vakillarimiz 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Jamoamizning gollariga Abror Ahmetzyanov (38’) va Dilshod Rahmatov (39’) mualliflik qildi. Ushbu jamoalar o’rtasidagi ikkinchi bahs 9-fevral kuni soat 16:00 da start oladi.

Superliga hakamlari uchun qishki oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari doirasida turli yoʻnalishlar boʻyicha sinovlar, VAR simulyatori bilan mashgʻulotlar tashkil etildi. 1-guruh yigʻinida Superliga oʻyinlarida ishlovchi 45 nafar bosh va yordamchi hakamlar ishtirok etishdi. Nazoratchilar uchun tashkil etilgan seminarda esa videotestlar va nazariy imtihonlar orqali sinovlar boʻlib oʻtdi.

FIFA Forward dasturini hayotga tatbiq etish boʻyicha FIFAga aʼzo mamlakatlarning natijalari eʼtirof etildi. Mazkur dastur koʻmagida Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlash, turli yosh toifasidagi milliy terma jamoalarni rivojlantirish dasturi jadal olib borilmoqda. FIFA yoshlarimizning U-20 va U-23 Osiyo Kubogi, FIFA U-17, FIFA U-20 Jahon 

Batafsil