Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi, Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorligida kecha 2010-yilda tug’ilgan o’g’il bolalar va 2007-yildan kichik bo’lgan qiz bolalar o’rtasida “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Bolalar futboli kuni” festivali tashkil etildi.

Mazkur festivalda O’FA vakillari bilan birgalikda sobiq futbol yulduzlari ham ishtirok etishdi. Ko’tarinki ruhda o’tgan festival ishtirokchilariga O’FA prezidenti Abdusalom Azizov sovg’alari tarqatildi.