Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, G.T.Xvan mahallasi, Maʼnaviyat koʼchasi 83 a-uy manzilida joylashgan sport majmuasida mehmonxona binosini qurish (172 o’rinli mehmonxona binosi, qoʼshimcha bino va inshootlar, meditsina va SPА markazlari, 25×12 oʼlchamli basseynni oʼz ichiga olgan majmua binosi), shuningdek, xududni obodonlashtirish ishlari hamda Stadion bino va inshootlarini qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilish (Elektr va Kommunikatsiya tarmoqlarini koʼchirish yoki qayta ixtisoslashtirishni oʼz ichiga olgan holda) boʼyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun Loyiha institutlarni tanlab olish boʼyicha tanlov eʼlon qiladi. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlang’ich eng yuqori qiymat 660 million so’m etib belgilansin.

TANLOV ILOVASI: Texnik topshiriqlar va tanlov mezonlari.pdf

Ushbu soha bilan shugʼullananuvchi tashkilotlar tijoriy taklif (tegishli litsenziyani ilova qilgan holda) bilan 2021-yil 14-iyun soat 14:00 ga qadar Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasiga quyidagi manzil orqali murojaat qilishlari mumkin.

Islom Karimov ko’chasi, 98/А

Telefon:
+99871 230 90 42
+99871 230 90 45
+ 99897 772 32 42 (Tanlov bo’yicha qo’shimcha ma’lumot uchun)

Faks:
+99871 230 90 51

Email:
info@ufa.uz