Free ebooks Library zlibrary project

Dubay shahrida qisqa muddatli o’quv-mashg’ulot yig’inini tamomlagan O’zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

Milliy terma jamoamiz delegatsiyasi Dubay – Riyod havo reysi orqali biroz avval Qirol Holid Xalqaro Aeroportiga yetib keldi.

Delegatsiyasining har bir a’zosi koronavirus uchun test topshirdi. Test natijalari chiqquniga qadar O’zbekiston delegatsiyasi vakillari mazkur mehmonxonada yakkalik rejimida bo’lib turadi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston MTJ JCH-2022 hamda OK-2023 qo’shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida markazlashgan turnir qatmashadi. Unda O’zbekiston milliy terma jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

JCH-2022 Saralash bosqichi
D guruhi uchrashuvlari

07.06.2020 | 23.00
O’zbekiston – Singapur

11.06.2021 | 23.00
Yaman – O’zbekiston

15.06.2021 | 23.00
Saudiya Arabistoni – O’zbekiston