Free ebooks Library zlibrary project

Bugun O’FAning “Level II” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslariga start berildi. Ushbu kursda instruktorlik vazifasini O’zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi bosh kotibi Avaz Maksumov hamda assistentlar Farrux Zokirov va Furqat Xayrulayevlar olib borishmoqda. Mazkur kurslarda 13 nafar murabbiy qatnashmoqda va mazkur o’quv kursi 6 kun davom etadi.

O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Ushbu o’quv kursi 7-iyunga qadar davom etadi. Aytib o’tish lozim, imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar O’FAning murabbiylik bo’yicha “Level II” litsenziyasini qo’lga kiritishadi.