Free ebooks Library zlibrary project

Birozdan avval futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etadigan 2021-yilgi Jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi yakuniga yetdi.

Unda O’zbekiston futzal terma jamoasi 4-savatchadan o’rin oldi. Ushbu savatchada shuningdek Marokash, Vyetnam, AQSH, Angola va Venesuela vakillari ham joy olgan edi.

Qur’a natijasiga ko’ra, futzalchilarimiz Jahon chempionati-2021 guruh bosqich uchrashuvlarini B guruhida o’tkazadi. Hamyurtlarimizga Gvatemala, Rossiya va Misr vakillari raqiblik qiladi.

Ma’lumot o’rnida, futzal bo’yicha 2021-yilgi Jahon chempionati 12-sentabrdan 3-oktabrga qadar Litva mamlakatining uchta shahrida bo’lib o’tadi.

Mazkur mundial bahslaridan dunyoning eng kuchli 24 futzal terma jamoasi ishtirok etadi.

Yevropa – 7 ta jamoa
Osiyo – 5 ta jamoa
Shimoliy Amerika – 4 ta jamoa
Janubiy Amerika – 4 ta jamoa
Afrika – 3 ta jamoa
Okeaniya – 1 ta jamoa