Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, iyun oyi davomida Osiyo qit’asi terma jamoalari 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi uchrashuvlarini o’tkazadi. O’zbekistonlik bir qator arbitrlar mazkur bahslarda hakamlik qilish uchun OFK tomonidan chaqiruv oldi.

FIFA hakami Ilgiz Tantashev Bahraynda bo’lib o’tadigan “C” guruhi uchrashuvlarida faoliyat olib boradi va unga yon qanotda Andrey Tsapenko ko’maklashib boradi.

O’zbekistonlik FIFA yordamchi hakami Ruslan Serazitdinov Qatarda o’tishi rejalashtirilgan “E” guruhi o’yinlarida faoliyat olib boradi. Shuningdek, BAA mezbonlik qiladigan “G” guruhi bahslarida FIFA nazoratchisi Vladislav Tseytlin ishlaydi.