Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorligida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarda O’FA birinchi vitse-prezidenti maslahatchisi Raxmiddin Zikriyayev va boshqa mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi. Yosh tarbiyalanuvchilar o‘rtasida futbol bo‘yicha festivallar va qiziqarli ko‘ngilochar tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbirlar yakunida MTM tarbiyalanuvchilariga futbol to‘plari, futbol ekipirovkalari va boshqa sport anjomlari sovg‘a qilindi.