Free ebooks Library zlibrary project

Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi uchun iyun oyida ikkita xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi tashkil etiladi.

Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz 5-iyun kuni Toshkentdagi o’quv-mashg’ulot yig’iniga start beradi va 9-iyun sanasida Belarus poytaxtiga yo’l oladi.

Dastlab ayollar milliy terma jamoamiz Minsk shahridagi “ABFF” stadionida Eron vakillariga qarshi o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi. Navbatdagi o’rtoqlik uchrashuvi esa Vitebsk shahridagi “Vitebsk CSC” sport majmuasi maydonida mezbon Belarus ayollar terma jamoasiga qarshi kechadi.

Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlari, Minsk

11-iyun | 20:00

O’zbekiston – Eron

14-iyun | 21:00

Belarus – O’zbekiston

Murabbiylar shtabi mazkur o’rtoqlik uchrashuvlari uchun quyidagi futbolchilarni jalb etdi:

Ism-familiyaso Ampluasi Klubi
1. Tilovova Laylo Darvozabon “Sevinch”
2. Jonimkulova Maftuna Darvozabon “Sevinch”
3. Nazarova Zumrad Himoyachi “Paxtakor”
4. Ilasheva O’g‘iloy Himoyachi AGMK
5. Nabiyeva Yulduz Himoyachi “Bunyodkor”
6. Kamoltoyeva Nozima Himoyachi “Bunyodkor”
7. Shodiyeva Laylo Himoyachi “Sevinch”
8. Zarbiyeva Tanzilya Himoyachi “So’g’diyona”
9. Shoyimova Maftuna Himoyachi «Sevinch»
10. Zaripova Kamila Yarimhimoyachi AGMK
11. Narbekova Lianna Yarimhimoyachi “Metallurg”
12. Nozimova Dildora Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
13. Sharipova E’zoza Yarimhimoyachi “So’g’diyona”
14. Burxonova Malika Yarimhimoyachi “Sevinch”
15. Zoirova Umida Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
16. Galimova Saida Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
17. Turdaliyeva Irodaxon Yarimhimoyachi “So’g’diyona”
18. Xabibullayeva Diyora Hujumchi “So’g’diyona”
19. Norboyeva Aziza Hujumchi “Metallurg”
20. Karachik Lyudmila Hujumchi “Bunyodkor”
21. Qudratova Nilufar Hujumchi “Sevinch”