Osiyo kubogi saralash bosqichi bellashuvlariga hozirlik ko’rayotgan U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi uchun Toshkent va Dushanbe shaharlarida o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etiladi.

Dastlab terma jamoamiz vakilalari 2-iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan “Chig’atoy” stadionida o’quv-mashg’ulotlarga start beradi va 9-iyun sanasida Tojikiston poytaxti tomon yo’l oladi.

U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi 11-17 iyun kunlari Dushanbe shahri mezbonlik qiladigan CAFA U20 Women’s Championship 2021 xalqaro turnirida ishtirok etadi.

Musobaqa reglamentiga ko’ra, terma jamoamiz Eron, Qirg’iziston, Afg’oniston va mezbon jamoa Tojikiston vakillariga qarshi guruh uchrashuvlarida maydonga tushadi. Barcha bahslar Dushanbe “Markaziy” stadionida bo’ib o’tadi.

Ma’lumot o’rnida, U20 Osiyo kubogi-2022 bellashuvlari 2022-yil 4-17 aprel kunlari O’zbekistonda o’tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur chempionatda yuqori uch o’rinni egallagan terma jamoalar 2022-yilgi U20 Jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritadi.

CAFA U20 Women’s Championship 2021
Dushanbe, Tojikiston

1-tur | 11.06.2021
O’zbekiston – Afg’oniston

2-tur | 12.06.2021
O’zbekiston – Qirg’iziston

3-tur | 15.06.2021
O’zbekiston – Eron

4-tur | 17.06.2021
Tojikiston – O’zbekiston

Yig’inga chaqiruv olgan futbolchilar ro’yxati:

Ism-familiyasi Ampluasi Klubi
1.        Usmonova Ruxsora Darvozabon AGMK
2.        Nurullayeva Sevara Darvozabon “Sevinch”
3.        Polyushkevich Angelina Darvozabon “Sevinch”
4.        Oktyabryeva Sabrina Himoyachi “Sevinch”
5.        Aliyeva Durdona Himoyachi “Metallurg”
6.        Kosnikova Marina Himoyachi “Bunyodkor”
7.        Kuchkarova Sevinch Himoyachi AGMK
8.        Ibragimova Gulchiroy Himoyachi AGMK
9.        Iskandarova Nodira Himoyachi “Lokomotiv”
10.     Yusupova Shaxnozabonu Himoyachi “Buxoro”
11.     Mamatkarimova Zarina Yarimhimoyachi “So’g’diyona”
12.     Zaynitdinova Shahrizoda Yarimhimoyachi “Sevinch”
13.     Suyunova Oysara Yarimhimoyachi “Lokomotiv”
14.     Xatamova Umida Yarimhimoyachi “Paxtakor”
15.     Babakulova Albina Yarimhimoyachi “Qizilqum”
16.     Rustullayeva Leyla Hujumchi AGMK
17.     Rashidova Tojiniso Hujumchi “Navbahor”
18.     Abdug’aniyeva Jasmina Hujumchi “Lokomotiv”