FIFAning Osiyo va Okeaniya hudulari bo‘yicha direktori:
“Avvalo, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining yangi saylangan prezidentiga samimiy tabriklarimni izhor etmoqchiman. Ushbu lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilayman va ishonamanki, uning rahbarligi O‘zbekiston futbolini yangi cho‘qqiga olib chiqadi.
Ushbu saylov kongressi FIFA nizomlariga to‘liq muvofiq ravishda o‘tkazildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Bu taraqqiyot ko‘plab omillarga bog‘liq, ammo eng muhimlaridan biri FIFA va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida o‘rnatilgan mustahkam hamkorlikdir. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev FIFA prezidenti Gianni Infantino bilan bir necha bor uchrashdi. Ularning muloqotlari futbolni rivojlantirish bo‘yicha turli tashabbuslar haqida bo‘lib o‘tdi, natijada O‘zbekiston terma jamoalari uchun yangi Milliy futbol markazi loyihasi ishga tushirildi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bor FIFA turniriga mezbonlik qildi va 2024-yilgi FIFA futzal Jahon chempionati tarixdagi eng yaxshi mundial sifatida tan olindi. Bu o‘zbek futboli oilasining mehnati va fidoyiligining yorqin namunasidir. Bu unutilmas voqea bo‘lib, O‘zbekistonning dunyo miqyosida futbol musobaqalarini o‘tkazishdagi qobiliyatini ko‘rsatdi va mamlakatning futbolga bo‘lgan ishtiyoqini namoyish etdi.
Kelajakda O‘zbekiston futbol olamida muhim o‘rin tutishini davom ettirishiga ishonchimiz komil. Biz ushbu hamkorlikni yanada mustahkamlashni va O‘zbekistonni yana bir bor FIFA turnirlarini o‘tkazuvchi mamlakat sifatida ko‘rishni kutib qolamiz”, – dedi Balasingam Sanjevan.