Free ebooks Library zlibrary project

Bugun Yevropa va Osiyodagi turkiyzabon davlatlar futbol assotsiatsiyalar rahbarlari ishtirokida videoanjuman shaklida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Kun tartibiga ko’ra, mazkur mamlakatlarda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, terma jamoalar hamda klublar o‘rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish, futbol mutaxassislarini qayta tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov O’zbekistonda turkiyzabon mamlakatlarning barcha yosh toifalardagi terma jamoalari hamda klublari ishtirokida xalqaro musobaqalar va o’rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish bo’yicha taklif bilan chiqdi.

Shuningdek, tadbir yakunida futbol sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash bo’yicha turkiyzabon davlatlar futbol assotsiatsiyalari rahbarlari tomonidan Anglashuv memorandumi imzolandi.