Bugun O’FA qoshidagi Futbol mutaxassislarni tayyorlash markazida O’FA “D” litsenziyasi bo’yicha murabbiylik kurslariga start berildi.

Mazkur kurslarda 20 nafar yosh murabbiylar qatnashmoqda va ularga instruktor Rustam Kurbanbayev yo’riqchilik qilmoqda. 18-aprelga qadar davom etadigan kurslar davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatiladi.

Imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O’FAning murabbiylik bo’yicha “D” litsenziyasini qo’lga kiritadi.