Bugun O’zbekiston U21 terma jamoasi Ukrainada an’anaviy Valeriy Lobanovskiy xalqaro xotira turniridagi o’z ishtirokini boshlaydi.

Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi mazkur terma jamoa vakillari kecha Kiyev shahrida o’yin oldi rasmiy mashg’ulot o’tkazdi.

Yoshlarimiz bugun “Obolon-Arena” maydonida ozarbayjonlik tengdoshlariga qarshi kurash olib boradi. Uchrashuv O’zbekiston vaqti bilan soat 19.00 da start oladi. Jamoamiz vakillari o’yin davomida oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Ma’lumot o’rnida, Ozarbayjon U21 terma jamoasi kecha Ukraina vakillariga qarshi to’p surdi va kichik 1-0 hisobida g’alaba qozondi.