Free ebooks Library zlibrary project

O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi O’FA vakillari Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi.
Ravshan Ermatov Toshkent viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Davron Hidoyatov bilan mazkur hududda yirik xalqaro sport musobaqalarini qabul qilish imkoniyatlarini ko’zdan kechirdi. Viloyatning futbol, va umuman sport borasidagi imkoniyatlari ulkan ekanligi ichrashuv davomida alohida ta’kidlandi.

Ushbu tashrif mobaynida O’FA mutasaddi va mutaxassislari viloyat futbol assotsiatsiyasi ish faoliyati, futbol infratuzilmasi va mavjud shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Viloyat miqyosida bolalar futbolining infrastrukturasi yuzasidan fikr almashilib, bolalar-o’smirlar futbol ligalari musobaqalarini yuqori saviyada o’tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Toshkent viloyati futbol akademiyasi va Chirchiq Olimpiya zaxiralari kollejida qurilish-rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish, sifatli futbol maydonlarini barpo etish hamda zamon talablariga mos ravishda jihozlash kabi masalalar bo’yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligiga bag’ishlangan mini-olimpiadani tashkil etish va uni o’tkazish masalalari muhokama etildi. Bu yosh sportchilar uchun unutilmas tadbir bo’lishi kutilmoqda.