Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddi va mutaxassislari Qoraqalpog’iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida, hududdagi sport maktablari faoliyatini o‘rganish, ularning moddiy-texnika vositalarini yaxshilashga ko‘maklashish va boshqa yo’nalishlarda amalga oshirilgan birinchi chorak hisoboti tinglandi.

Qoraqalpog’iston Respublikasida futbolni rivojlantirish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar hamda istiqboldagi loyihalar muhokama etildi.

Xizmat safarida davomida O’FA mutasaddi va mutaxassislari futbol va sport obyektlari holatini koʻzdan kechirib, hududda futbolni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, hududlardagi Bolalar-o’smirlar sport maktablari hamda Futbol mahorat maktablari tarbiyalanuvchilariga futbol to‘plari, futbol ekipirovkalari va boshqa sport anjomlari sovg‘a qilindi.