Free ebooks Library zlibrary project

Iyun oyida JCH-2022 hamda OK-2023 qo’shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida markazlashgan turnir bo’lib o’tadi. Unda O’zbekiston milliy terma jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi o‘ynaydi.

Safar oldidan bugun O’zbekiston MTJ a’zolari O’FA prezidenti Abdusalom Azizov bilan uchrashdi. Futbolimiz rahbari Milliy jamoamiz oldida turgan musobaqalarning mas’uliyati, nomzodlarning asosiy tarkibga loyiqligini isbotlashi qanchalik zarurligi, har bir o‘yinga sidqidildan tayyorlanish lozimligi haqida fikr bildirdi.

Ijobiy natijaga erishish uchun O’FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi ta’kidlandi. Jamoa yetakchilari ham ushbu bahslar haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi. Abdusalom Abdumavlonovich mas’uliyatli turnirda jamoaga omad tiladi.

O‘zbekiston MTJ ertaga so’nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun BAAga jo‘nab ketadi.