Free ebooks Library zlibrary project

Bugun “Paxtakor” stadionida o‘rnatilgan yodgorlik va Botkin qabristonida 1979-yil 11-avgust kuni sodir bo‘lgan aviahalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan jamoa a’zolarini xotirlash tadbiri o‘tkazildi

Unda futbol jamoatchiligi, mutaxassislar, faxriylar, klub rahbariyati va muxlislar ishtirok etdi. Jamoa tarkibida to‘p tepgan To‘lagan Isoqov sobiq jamoadoshlarini xotirlar ekan, “Paxtakor” butun O‘zbеkistonni dunyoga tanitgani, muxlislarning faxri bo‘lgani, fojia sababli futbolimiz katta yo‘qotishga uchraganini alohida ta’kidladi.

“Samoga sochilgan yulduzlar” nomi hech qachon unutilmaydi. Yildan yilga ularning siymolari yosh avlodga faxr tuygʻusi bilan koʻchib oʻtmoqda.