Free ebooks Library zlibrary project

12-avgust kuni Belarus poytaxti Minsk shahrida II MDH o‘yinlarining futzal bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Turnirda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Shuhrat Tojiboyev shogirdlari musobaqa davomida 4 ta o’yin o‘tkazib, ikki g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etdi.

Ahamiyatli tomoni shundaki, terma jamoa sardori Fazliddin Botirov 4 ta gol bilan musobaqa to‘purari bo‘ldi. Shuningdek, Ashirbek To‘lqinov ham raqiblar darvozasini to’rt bor ishg‘ol etdi.

Terma jamoa yetakchilaridan biri Abror Ahmetjanov esa musobaqaning eng yaxshi futzalchisi deb topildi.