Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 16-noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobidagi g’alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo’limida raqib futbolchisi Meylis Durdiyev uzoq masofadan zarba yo’llab hisobni ochdi. Ikkinchi bo’limda esa Otabek Shukurov ikki bor gol kiritib jamoamizni hisobda oldinga olib chiqqan bo’lsa, Eldor Shomurodov raqib darvozasiga 3-golni kiritib, milliy jamoamizning g’alabasini ta’minladi.

Srechko Katanes boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni 21-noyabr kuni “Bunyodkor” stadionida Eron terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.