Free ebooks Library zlibrary project

14-20-noyabr kunlari o‘tkazilgan “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchiligi” o‘z yakuniga yetdi.

U-13 jamoalari ishtirok etgan musobaqada “Paxtakor” jamoasi g‘olib bo‘ldi. “Metallurg” futbol akademiyasi kumush, “Odil Junior” jamoasi esa bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi – Ro‘zimurod Ro‘zimurodov (“Odil Junior”)

Musobaqaning eng yaxshi to‘purari – Yahyo Baxtiyorov (“Metallurg”)

Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni – Almaz Ayupov (“Paxtakor”)

U-14 jamoalari ishtirok etgan musobaqada “Odil Junior” jamoasi g‘alaba qozondi. “Nasaf” futbol akademiyasi kumush, “Paxtakor” jamoasi esa bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi – Asilbek Aliyev (“Odil Junior”)

Musobaqaning eng yaxshi to‘purari – Bilol Kurbanov (“Paxtakor”)

Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni – Olimjon Shomurotov (“Paxtakor”)