Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 21-noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:2 hisobidagi durang natijani qayd etdi.

Uchrashuvning birinchi bo’limida Ramin Rizoyan va Mehdi Taremi gol kiritdi. Ikkinchi bo’limda esa Oston O‘runov raqib jamoa futbolchisining xatosidan so‘ng, gol urib, hisobni qisqartirdi. 83-daqiqada O‘runovning uzatmasidan so‘ng Igor Sergeyev jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Srechko Katanes boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni 21-mart kuni Gong Kong terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.