Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 22-noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasida Angliya U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Amirbek Saidov gol urib, jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Joel Ndala hsiobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida Lazizbek Mirzayev jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib, jamoamizning g‘alaba golini kiritdi.

Shu tariqa Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining chorak final bosqichiga yo’l oldi. Fransiya U-17 terma jamoasiga qarshi chorak final uchrashuvi 25-noyabr kuni Surakarta shahridagi “Manahan” stadionida bo‘lib o‘tadi.