Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 16-noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati doirasida Ispaniya U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:2 hisobidagi durang natijani qayd etdi.

Uchrashuvning birinchi taymida Ispaniya futbolchilari darvozamizga ikkita to’p kiritishgan bo’lsa, bo’lim yakunida Behruz Shukurullayev farqni qisqartirishga muvaffaq bo’ldi. Ikkinchi taymda Amirbek Saidov muvozanatni tikladi va yakuniy hisobni o’rnatdi – 2:2.

Shu tariqa Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining nimchorak final bosqichiga yo’l oldi. Pley-offdagi raqibiz nomi guruh bahslari yakunlangach aniq bo’ladi.