Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 13-noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati doirasida Kanada U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobida g’alaba qozondi.

Dilshod Abdullayev hisobni ochgan bo’lsa, Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Amirbek Saidov ikki bor raqib darvozasini ishg’ol etdi va jamoamizning Jahon chempionatidagi dastlabki g‘alabasini ta’minladi.

Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 16-noyabr kuni Jahon chempionatining 3-turi doirasida Ispaniya U-17 terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.