Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga
“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng “Neftchi” futbol klubining bosh murabbiyi V. Levchenko o‘yindan keyingi matbuot anjumanida hakamlik va boshqa holatlar bo‘yicha tasdiqlanmagan, jamoatchilikda shubha uyg‘otuvchi, asoslanmagan, noto‘g‘ri ma’lumotlar bergani aniqlandi.

O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi xodimlari tomonidan Vitaliy Levchenko bilan suhbat o‘tkazilib, unga tegishli o‘yinlar tahlili ko‘rsatildi. O‘z navbatida, V.Levchenko matbuot anjumanida bergan intervyusida emotsional holatda gapirgani, o‘yinni tahlil qilmasdan javob bergani, hech kimni “Neftchi” futbol klubi zarariga ta’sir o‘tkazishda ayblanmagani va bunday ma’lumot unda mavjud emasligini bildirib, uzr so‘rab, ushbu holatlarni o‘z tushuntirish xatida ma’lum qildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, O‘FA Intizom kodeksining 5.39 va 5.41-bandlariga asosan Vitaliy Levchenkoga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Andijon”

Superliganing 24-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Andijon” uchrashuvida “Qizilqum” futbol klubi rasmiy vakili Gʻulomiddin O‘tayev “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.27-bandlarini buzganligi, ya’ni texnik zonada tamaki mahsulotini chekkanligi uchun tegishli chora ko‘rish so‘ralgan. “Qizilqum” futbol klubi o‘z rasmiy vakilining Reglament qoidalariga rioya qilishini ta’minlamagani uchun futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasini qo‘llash belgilandi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Qizilqum” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Andijon”

Superliganing 24-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Andijon” uchrashuvining 36-daqiqasida “Andijon” jamoasi rasmiy vakili B. Karimov yon hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Begzod Karimovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati
“So‘g‘diyona U21” — “Buxoro U21”

U21 chempionatining 24-turi doirasidagi “So‘g‘diyona U21” — “Buxoro U21” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Buxoro U21” jamoasi murabbiyi O. Avezov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Otajon Avezovga (Buxoro U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionati
“Andijon SGS U19” — “Gʻijduvon U19”

U19 chempionatining 25-turi doirasidagi “Andijon SGS U19” — “Gʻijduvon U19” uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan bo‘lsa-da, “Gʻijduvon U19” jamoasi mazkur uchrashuvga asossiz ravishda kelmagan hamda jamoaga texnik mag‘lubiyat qayd etilgan. “Gʻijduvon” futbol klubi “Gʻijduvon U19” jamoasini musobaqa doirasida belgilangan uchrashuvdagi ishtirokini ta’minlamagani uchun klubga nisbatan jarima intizom chorasini qo‘llash belgilandi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Gʻijduvon” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchilik Kubogi
“Yangiyer Quruvchi” — “Olimpik farm”

Birinchilik Kubogining 5-turi doirasidagi “Yangiyer Quruvchi” — “Olimpik farm” uchrashuvida “Olimpik farm” jamoasi futbolchisi S. Tursunov qo‘l tirsagi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Salohiddin Tursunovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Yangiyer Quruvchi” — “Olimpik farm”

Birinchilik Kubogining 5-turi doirasidagi “Yangiyer Quruvchi” — “Olimpik farm” uchrashuvida “Yangiyer Quruvchi” jamoasi futbolchisi B. Tolibjonov mushti bilan raqib o‘yinchisining qorin qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Begzod Tolibjonovga (Yangiyer Quruvchi) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!