Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 25-sentyabr kuni Osiyo o‘yinlarining ayollar futboli bellashuvlari “A” guruhining 2-turidan o‘rin olgan Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Midori Honda boshchiligidagi terma jamoamiz 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda gollarga Aziza Norboyeva, Shohida Tojiddinova, Maftuna Shoyimova, Diyora Habibullayeva (dubl) va Nilufar Qudratova mualliflik qildi. Mo‘g‘uliston terma jamoasi bu o‘yinda ham maydonni golsiz tark etdi. Jamoa dastlabki turda musobaqa mezboni – Xitoy terma jamoasiga 0:16 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi turnirdagi ikkinchi uchrashuvni 28-sentyabr kuni aynan Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.