Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari futbol bahslarining guruh bosqichi yakunlandi. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Gonkongga qarshi ikkinchi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda 1-o‘rinni egalladi.

Dastlab, Gon Kong futbolchisi Ley Ngai Xoi 4-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Gonkong darvozasi tomon penalti belgilandi. Alisher Odilov esa zarbani berishda nosniqlikka yo‘l qo‘ydi. 65-daqiqada chap qanotdan uzatilgan to‘pni Alibek Davronov bosh bilan raqib darvozasiga yo‘lladi va muvozanatni tikladi.

70-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi sardori Jasurbek Jaloliddinov raqib darvozasiga gol kiritdi va g‘alabani ta’minladi.

Uchrashuv so‘nggida Hojimat Erkinov va Gonkong vakili Jahongir Xon qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston 6 ochko bilan guruh g‘olibiga aylandi. Terma jamoamizga 1/8 finalda Indoneziya terma jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv 28-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da boshlanadi.