Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston terma jamoasi Eron va BAAga qarshi o’rtoqlik o’yinlari oldidan 3-16 oktyabr kunlari o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi.

3-4 oktyabr kunlari milliy jamoa vakillari yig’iladi va koronavirus (COVID-19)ga test topshiradi. Shundan so’ng, 5-oktyabr kuni mashg’ulotlarga to’laqonli start beriladi.

5-oktyabrdan boshlab mashg’ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo’ladi.

Bunda OAV vakillari futbolchi va murabbiylar bilan muloqot qilishi man etiladi. Stadion hududida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilish, o’zaro ijtimoiy masofa saqlash talab etiladi.

MTJ yig’ini bo’lib o’tadigan stadion va mashg’ulotlarning boshlanish vaqti haqida xabar berib boriladi.