Free ebooks Library zlibrary project

Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib boradi.

Shu sababli, Milliy jamoamiz uchun 3-16 oktyabr kunlari o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etadi. Ushbu yig’in doirasida Eron hamda BAA terma jamoalariga qarshi xalqaro o’rtoqlik o’yini rejalashtirilgan.

8-oktyabr kuni terma jamoamiz Eronga qarshi o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs “Paxtakor” stadionida soat 18.00 da boshlanadi.

Shuningdek, O’zbekiston milliy terma jamoasi 12-oktyabr kuni Dubay shahrida BAA vakillariga qarshi o’rtoqlik o’yini o’tkazadi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig’inga 32 nafar futbolchini jalb etdi. Pandemiya sababli yuzaga kelgan bir necha oylik tanaffusdan so’ng, xorijiy chempionatlarda to’p surayotgan bir qator hamyurtlarimiz ham ushbu o’rtoqlik o’yinlariga chaqiruv olgan.

Yig’inga chaqiruv olgan futbolchilar ro’yxati: