Free ebooks Library zlibrary project

Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston futzal terma jamoasi 3-9 oktyabr kunlari o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi.

Baxodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi futzalchilarimiz Toshkentda o’tadigan mashg’ulotlar davomida Eron vakillariga qarshi ikkita o’rtoqlik o’yinida maydonga tushadi.

Ushbu bahslar 7-oktyabr va 9-oktyabr kunlari poytaxtimizdagi “O’zbekiston” sport majmuasida bo’lib o’tadi

Murabbiylar shtabi mazkur uchrashuvlar uchun 20 nafar futzalchini terma jamoa yig’iniga jalb etgan.

Eslatib o’tamiz, futzal terma jamoamiz Osiyo chempionati “C” guruhida Bahrayn, Xitoy va Indoneziya vakillari bilan kurash olib boradi. Ushbu chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 5 ta jamoa 2021-yilgi futzal bo’yicha Jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritadi.

Mazkur yig’inga chaqiruv olgan futbolchilar ro’yxati:

F.I.SH Tug’ilgan sanasi Ampluasi Klubi
1. Umarov Rustam 26.05.1984 Darvozabon АGMK
2. Eliboyev Ravshan 26.01.1987 Darvozabon Paxtakor
3. Elmuradov Аbbos 04.09.1998 Darvozabon Xuasin J.
4. Ibragimov Davlat 08.11.2000 Hujumchi Xuasin J.
5. Аdilov Mashrab 15.08.1994 Himoyachi Paxtakor
6. Raxmatov Аnas 20.06.1994 Himoyachi АGMK
7. Ropiev Ixtiyor 19.09.1993 Himoyachi АGMK
8. Xamroev Ilxom 25.09.1997 Himoyachi АGMK
9. Nishonov Xusniddin 19.05.1998 Himoyachi АGMK
10. Raxmatov Dilshod 04.12.1989 Hujumchi Xuasin J.
11. Choriyev Davron 01.01.1993 Hujumchi АGMK
12. Usmanov Аkbar 09.03.1997 Hujumchi Paxtakor
13. Jurayev Sunnat 24.12.1994 Hujumchi Paxtakor
14. Sviridov Konstantin 11.03.1988 Himoyachi Paxtakor
15. Аnorov Javlon 08.05.1984 Himoyachi Maksam Ch.
16. Erkinov Xushnur 07.05.1998 Himoyachi Metallurg
17. Solixov Аbdulla 06.01.1999 Himoyachi АGMK
18. Shavkatov Dilmurod 26.08.1994 Hujumchi Paxtakor
19. To’lkinov Elbek 24.12.2000 Hujumchi Maksam Ch.
20. Jumayev Dilmurod 01.02.1997 Himoyachi Xuasin J.