Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda murabbiylik sohasini yanada rivojlantirish, murabbiylar malaka va salohiyatini oshirish boʼyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

OʼFA qoshidagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida qator litsenziyali oʼquv kurslari va seminarlar muntazam ravishda oʼtkazib kelinmoqda.

Xususan, 25-30 sentyabr kunlari Samarqand shahrida O’FA “C” litsenziyasi dasturi boʼyicha murabbiylik kurslari tashkil etildi.

Oʼquv jarayoniga FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev yo’riqchilik qilgan bo’lsa, Samarqand viloyati assotsiatsiyasi mutaxassisi G’ayrat Hamidov koordinator vazifasini bajardi. Amaliy va nazariy mashgʼulotlarni qamrab olgan mazkur kursda jami 20 nafar murabbiy ishtirok etdi.