Free ebooks Library zlibrary project

Bugun O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov raisligida hududlarda hakamlikni rivojlantirish, yosh hakamlarni saralab olish va ularning kasbga bo‘lgan layoqatlarini sinovdan o‘tkazish maslalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Videoanjuman shaklida o’tkazilgan yig’ilishda hududiy futbol assotsiatsiyalari birinchi vitse-prezidentlari, texnik direktor va hakamlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari o’z hududida hakamlik sohasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisobot berdi.

O’zbekistonda professional futbolni ravnaq topishida nafaqat murabbiylar, futbolchilar balki hakamlarni saviyasini oshirish muhim omil hisoblanadi. Professional futbolni professional hakamliksiz rivojlantirib bo’lmaydi. Shu sababli bugungi yig’ilishda, yurtimiz futbolida hakamlik faoliyati hozirgi kunda qoniqarsiz ekanligi, ushbu sohani rivojlantirishda yo’l qo’yilayotgan xatolar va hududlardagi mas’ul vakillarning ish faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.

O’FA birinchi vitse-prezidenti hakamlarni tanlab olish va tayyorlash mezonlari asosida hududlardagi jismoniy tayyorgarlik bo’yicha yaxshi ko’rsatkichlarga ega yosh hakamlarni tanlab olib, ularni tajribali hakamlar saviyasiga olib chiqish borasida barcha mas’ul mutaxassislarga topshiriq berdi.

Ikkinchi liga, turli yosh toifasidagi viloyat va shahar chempionatlarida yosh hakamlarga imkoniyat berish, professional tarzda shug‘ullanish imkoniyatini taqdim etish hamda seminar-treninglar soni va sifatini oshirish bo’yicha hududlardagi mas’ullar har kuni ish olib borishi zarur ekanligi ta’kidlandi.

Ravshan Ermatov istiqbolli yosh hakamlarni nafaqat futbol akademiyalari bitiruvchilari balki IBO’SM, BO’SM tarbiyalanuvchilari va faoliyatini yakunlagan futbolchilar orasidan tanlab olish orqali ushbu yo’nalishda sog’lom raqobat muhitini shakllantirish mumkinligi haqida to’xtalib o’tdi.