Free ebooks Library zlibrary project

Bugun FIFA Master Futuro dasturidan o’rin olgan hakamlar instruktorlari uchun onlayn tarzda o’quv seminari start oldi.

Ushbu dasturning asosiy yo’nalishi – bu butun dunyo bo’ylab assotsiatsiyalardan tanlab olingan kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Shuningdek, FIFA instruktorlariga o’zlarining milliy futbol assotsiatsiyalari homiyligida mahalliy hakamlarga teoriya darslarini tashkil etish uchun zarur ko’nikmalarni beradi.

26-apreldan 4-mayga qadar davom etadigan mazkur seminarda o’zbekistonlik mutaxassis Farhod Abdullayev bilan birgalikda FIFAning yetti nafar yuqori malakali instruktorlari yetmishdan ortiq akkreditatsiyadan o’tgan FIFA instruktorlari uchun ta’lim bermoqda.

Kurs qatnashchilari FIFA tomonidan maxsus ishlab chiqilgan hakamlik ko’rsatmalariga ega bo’lgan materiallar bilan bir qatorda, O’yin qoidalari bilan bog’liq masalalarni chuqur o’rganib chiqmoqdalar.

Seminar ma’ruzachilari:
Farhod Abdullayev (Osiyo)
Subhiddin Mohd (Osiyo)
Dagmar Damkova (Yevropa)
Lada Rojk (Yevropa)
Valentin Ivanov (Yevropa)
Jorje Larrionda (Janubiy Amerika)
Oskar Ruiz (Janubiy Amerika)
Numandiez Due (Afrika)