Free ebooks Library zlibrary project

Futbolning bugungi rivojlanish ko’rsatkichlari nafaqat murabbiy va futbolchilarning malakasi va mahoratiga, balki ilmiy-uslubiy tahlil va zamonaviy inovatsion texnologiyalarga ham bog’liq bo’lib qolmoqda.

Shu sababli, O‘zbekiston Superligasi jamoalari futbolchilarning jismoniy holatini tekshirish, ilmiy-tahliliy yondoshish, kuzatib borish va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida Janubiy Koreyaning “Fitogether” zamonaviy qurilmalari to‘plamini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Kecha O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida Janubiy Koreyaning “Fitogether” zamonaviy qurilmalarini O’zbekistonda amaliyotga qo’llash yuzasidan seminar o’tkazildi. Unda O’FA mutasaddi va mutaxassislari va O’zbekiston Superligasi klublari tahlilchilari bilan birgalikda janubiy koreyalik mutaxassislar onlayn rejimda ishtirok etdi.

Seminar davomida O’FA ilmiy-uslubiy bo’limi vakillari hamda “Fitogether” kompaniyasi mutaxasislari mahalliy tahlilchilarga ilmiy-amaliy o’quv mashg’ulotlari orqali ta’lim berdi. Ushbu tizim yordamida futbolchilarning jismoniy va funksional holatini mashg‘ulotlar hamda musobaqalardan oldin, o‘sha vaqtning o‘zida va undan keyin monitoring qilib borish imkoniyati paydo bo‘ladi.