Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 19-aprel kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogi 2-turi doirasida Iroqqa qarshi maydonga tushdi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Akbar Usmonov hisobni ochdi. 26-daqiqada Mashrab Adilov uzoq masofadan raqib darvozasini ishg’ol qildi. Ikkinchi bo’lim ham vakillarimizning ustunligi ostida o’tdi. 26-daqiqada Elbek To’lqinov, 28-daqiqada esa Sunnatulla Jo’rayev gol kiritib, O’zbekiston futzal milliy terma jamoasining 4:1 hisobidagi g’alabasini ta’miladi. Shuningdek, iroqlik futzalchi Majid Al-Ogaili jamoasining uchrashuvdagi yagona goliga mualliflik qildi.

Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 21-aprel kuni Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.