Free ebooks Library zlibrary project

2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionati O‘zbekiston arenalarida bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda mundial mezbonlik qiladigan shaharlar nomlari e’lon qilinadi.

Dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi Jahon chempionligi uchun kurash olib boradigan mazkur musobaqa tarixda 10-bor tashkil etilmoqda. Unda g‘olib Portugaliyadan torib, besh karra chempion Braziliya, shuningdek, Fransiya va Yangi Zelandiya kabi debyutantlar joriy yilning 14-sentyabr — 6-oktyabr kunlari yurtimizda jam bo‘lishadi.

Hozirga qadar musobaqaning 17 ta ishtirokchisi aniq bo‘lib ulgurdi. Ayni paytda Tailand mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida mundialning O‘zbekistonga qo‘shiladigan yana 4 ta ishtirokchisi nomi ma’lum bo‘ladi.

Ayni vaqtda Nikaraguada CONCACAF futzal chempionati o‘tkazilmoqda va bugun unda yarim finalchilar aniqlandi. Xususan, Kosta-Rika, Panama, Gvatemala va Kuba yarim finalga chiqish orqali JCh-2024 yo‘llanmasini naqd qilishdi.

Shu kunlarda Marokashda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Afrika Millatlar kubogida ham mundialning 3 ta qatnashchisi nomi ma’lum bo‘ladi.

Shuningdek, kuni kecha UEFA vakillari orasida ham oxirgi qatnashchilar ma’lum bo‘ldi. Bular – Xorvatiya va Niderlandiya. Hozircha yana 7 ta yo‘llanma egasi nomi ochiq turibdi.

Futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati-2024 ishtirokchilari:

Mezbon: O‘zbekiston
CONCACAF: Kosta-Rika, Panama, Gvatemala, Kuba
CONMEBOL: Braziliya, Argentina, Paragvay va Venesuela
OFK: Yangi Zelandiya
UEFA: Qozog‘iston, Fransiya, Portugaliya, Ispaniya, Ukraina, Xorvatiya va Niderlandiya