Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 17-aprel kuni O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi 1-turi doirasida Malayziya olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Jasur Jaloliddinov penaltidan gol urib, hisobni ochdi. 86-daqiqada esa Ulug’bek Hoshimov gol kiritib, jamoamizning g‘alabasini ta’minladi. Shu tariqa O’zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogini g’alaba bilan boshladi.

Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamizning navbatdagi uchrashuvi 20-aprel kuni Kuvayt terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.