Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi ertaga Milliy futbol markazida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Bosh murabbiy Ayder Kurbayev tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Bugun 9-sentyabr kuni Ispaniyaning Kadis shahrida U-17 Xalqaro o’rtoqlik turniri 3-tur uchrashuvlari o’tkazildi. Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Marokashga qarshi bahs olib bordi va 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoamizning gollariga Sayfiddin Sodiqov, Mo‘minxon Bahodirxonov va Xerez shahridagi yig‘inga jalb etilgan Xayrullo Ergashev (“Rot Veiss Ayntraxt”) mualliflik qildi.
Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi bugundan Milliy futbol markazida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Sergey Chigodayev boshqaruvidagi oʻsmirlarimiz 15-sentyabrga qadar Toshkentda mashgʻulot oʻtkazadi. Shundan soʻng Chernogoriya va Vengriyaga qarshi xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etish uchun joʻnab ketadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Bugun 6-sentyabr kuni Ispaniyaning Kadis shahrida U-17 Xalqaro o’rtoqlik turniri 2-tur uchrashuvlari o’tkazildi. Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Kanadaga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. Musobaqa reglamentiga ko’ra penaltilar seriyasiga murojaat qilindi va unda vakillarimiz 6:5 hsobida g’alabaga erishdi. Jamoamizning gollariga Abdusamad Saidov va Sadriddin Hasanov mualliflik qildi. Jamoamiz
📋 Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi “Olimpik Mobiuz” U-17 jamoasiga qarshi nazorat oʻyinini oʻtkazdi. Uchrashuvda jamoamiz 5:1 hisobi bilan g’alaba qozondi. Oʻzbekiston U-15 5:1 “Olimpik Mobiuz” U-17 Jamoamizning gollariga Abdulaziz Shukurov, Emmanuel Emonkpaire, Usmon Shuhratillayev, Ro’zimurod Ro’zimurodov va Abubakr Mamatovlar mualliflik qildi. Boshlang’ich tarkib: 1. Aziz Bediyev 3. Hojiakbar Zulfikorov 4. Azizillo Erkinjonov 6. Abdulloh Xolmamatov