Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

O’zbekiston U16 terma jamoasi bugun BAAlik tengdoshlariga qarshi navbatdagi o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida o’tgan mazkur bahsda Olim Shokirov shogirdlari 2-2 hisobidagi durang natijani qayd etdi. Ikki bor hisobda ortda qolgan vakillarimiz Shahzod Akramov va Alisher Xayrullayev tomonidan kiritilgan gollar hisobiga muvozanatni tikladi. 🇦🇪 U16 BAA 2-2 U16 O’zbekiston 🇺🇿 Gollar: Shahzod 

Batafsil

O’zbekiston U16 terma jamoasi BAAda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida BAAlik tengdoshlariga qarshi o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazdi. BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida tashkil etilgan mazkur bahsda tomonlar 1-1 hisobidagi durangga imzo chekdilar. O’smirlar terma jamoamiz goliga Shahzod Akramov mualliflik qildi. 🇦🇪 U16 BAA 1-1 U16 O’zbekiston 🇺🇿  

Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan U16 O’zbekiston terma jamoasi uchun 29-oktyabrdan 9-noyabrgacha o’quv-mashg’ulot yig’inini tashkil etiladi. Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi o’smirlar jamoamiz 29-oktyabr kuni Toshkentda yig’iladi va 1-noyabrga qadar “Chig’atoy” bazasida mashg’ulot o’tkazadi. Mazkur mashg’ulotlarga murabbiylar shtabi 25 nafar futbolchini jalb etgan. 2-noyabr kuni 23 nafar futbolchidan iborat O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Dubay shahriga yo’l oladi. 

Batafsil

O’zbekiston U16 terma jamoasi avgust oyidagi yig’inning so’nggi nazorat uchrashuvida “Chig’atoy U18” vakillari bilan kuch sinashdi. Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi o’smirlarimiz mazkur o’yinda 6-2 hisobida raqiblaridan ustun keldi. Nazorat uchrashuvi O’zbekiston U16 6-2 “Chig’atoy U18” Gollar: Akramov Shaxzod 45’, 50’, Qaxarjanov Asad 53’, Turdimurodov Rustam 77’, Todorov Kirill 83’, Abdurazaqov Nodir 85’ O’zbekiston U16: Kenjayev 

Batafsil

Ayni kunlarda O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. 25 nafar futbolchidan iborat o’smirlar jamoasi Toshkentdagi “Chig’atoy” bazasida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda. Bosh murabbiy Olim Shokirov o’smirlar terma jamoasining hozirgi holati, karantin cheklovlarining ta’siri, ayni kunlardagi mashg’ulotlar va U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni haqida o’z fikrlarini bildirdi. – Bahor oylaridagi dastlabki karantin 

Batafsil