O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig‘inning 2-kuni doirasida bugun kunduzgi mashg’ulotlar o’tkazdi.
Ertaga, 21-fevral kuni poytaxtimizda (Video Assistant Referee) video yordamchi hakamlar tayyorlash boʼyicha navbatdagi seminar start oladi. Mazkur seminar VAR tizimi bilan ishlaydigan hakamlar koʼnikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda. Seminarda mamlakatimizning har bir hududidan jami 60 nafar bosh hakam hamda yordamchi hakamlar ishtirok etishadi. Seminarni FIFA yoʼriqchisi Farhod Аbdullaev olib boradi. Oʼquv jarayoni 23-fevralga qadar davom
Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda murabbiylik sohasini yanada rivojlantirish, murabbiylar malaka va salohiyatini oshirish boʼyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, OʼFA qoshida qator litsenziyali oʼquv kurslari va seminarlar muntazam ravishda oʼtkazib kelinmoqda. 17-fevral kuni OʼFA anjumanlar zalida “D” litsenziyasi dasturi boʼyicha ilk bora murabbiylik kurslari start oldi. Oʼquv jarayonini tajribali yoʼriqchi Abdumajid Toirov olib bormoqda.
Bilasiz, endilikda Oʼzbekiston U-16 terma jamoasiga Olim Shokirov bosh murabbiylik qiladi. Oʼzbekiston oʼsmirlar terma jamoasi 20-fevral – 2-mart kunlari poytaxtimizda yigʼin tashkil etadi. Mazkur oʼquv-mashgʼulot yigʼini doirasida 4 ta nazorat oʼyini oʼtkazish rejalashtirilgan. Dastlab 25-fevral kuni “Paxtakor-2003” va “Bunyodkor-2003” bilan bahs olib borilsa, 2-mart kuni “Chigʼatoy-2002” va “Paxtakor-2002” bilan oʼyin oʼtkaziladi. Mazkur yigʼinga murabbiylar shtabi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 18-24-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Bugun erta tongda bosh jamoamiz BAAga yo‘l oldi. Qayd etish joiz, Vadim Abramov mazkur yig‘inga 21 nafar futbolchi chaqirgan edi. Lekin Abduvohid Ne’matov hamda Sardor Qulmatov sog‘ligi bilan biroz muammosi bor ekani sabab ushbu yig‘inda ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Ta’kidlab o‘tamiz,