Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Midori Honda bilan shartnoma imzoladi. Unga koʻra, yaponiyalik mutaxassis 2023-yilning yakuniga qadar Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. Maʼlumot oʻrnida, Midori Honda 1964-yilda Yaponiyaning Sidzuoka shahrida tavallud topgan. 1981-1991-yillar davomida Yaponiya ayollar terma jamoasi safida toʻp surgan. Ushbu davr mobaynida jamoasi bilan birgalikda Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Tojikistonda oʻtkazilgan “CAFA Womenʼs Futsal Championship 2022” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Oʻzbekiston ayollar futzal terma jamoasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov futzalchilarimizni OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov, qolaversa, butun futbol jamoatchiligi nomidan musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabrikladi. Ushbu natijaning ortida yurtimizda ayollar futboliga berilayotgan eʼtibor, qolaversa ahillik
Avval xabar berganimizdek, OʻFA tomonidan Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun yaponiyalik tajribali mutaxassislarni taklif etish borasida ishlar olib borilmoqda. Rejaga muvofiq, bosh murabbiy lavozimiga nomzod Midori Honda va uning yordamchisi Takaya Tsutsumi Oʻzbekistonga yetib keldi hamda OʻFA rahbariyati bilan uchrashdi. Dastlab, yaponiyalik mutaxassislar mamlakatimiz futboli tarixi bilan tanishdilar. Shuningdek ularga bugungi kunda yurtimizda
Xabaringiz bor, ayni paytda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Dubayda oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazmoqda. Bu galgi yigʻinga bir nechta yosh va umidli futbolchilar jalb etildi. Xususan, yakunlangan mavsumda “Nasaf” jamoasidagi yorqin oʻyinlari sabab Sherzod Nasrullayev ham Srechko Katanesning eʼtiboriga tushdi va terma jamoadan ilk marta chaqiruv oldi. Nasrullayev 23-yanvar kuni “Al-Vahda”ga qarshi oʻyinda milliy terma jamoa safida debyut uchrashuvini ham oʻtkazishga muvaffaq
21-yanvar kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshlaydi. Yigʻinning ikkinchi qismini vakillarimiz 26-yanvardan 2-fevralgacha Xorvatiyada davom ettirishadi. Xorvatiyadagi yigʻin doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari Fransiya va Chernogoriyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 28-yanvar Oʻzbekiston — Fransiya 30-yanvar Oʻzbekiston — Chernogoriya 31-yanvar Oʻzbekiston — Fransiya