Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Yashnobod tumanida joylashgan 52-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida “Men sport bilan birgaman, sport mening hayotim” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Unda U-20 Osiyo kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan futbolchilar hamda “Paxtakor-W” jamoasi aʼzolari ishtirok etishdi. Maktab tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yigʻilganlar eʼtiboriga havola qilindi. Shundan keyin futbolchilar bolalar bilan birgalikda mashgʻulot oʻtkazdilar hamda jamoalarga boʻlingan holda futbol oʻynadilar.

Maktab tarbiyalanuvchilariga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda “Paxtakor” klubining esdalik sovgʻalari topshirildi.