Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Yakunlangan haftada AQShning Boston shahrida FIFA Tibbiyot konferensiyasi oʻtkazildi. Unda tashkilotga aʼzo mamlakatlar tibbiyot mutaxassislari, xususan, OʻFA Tibbiyot qoʻmitasi rahbari Abror Pirriyev ishtirok etdi.

Konferensiyada bugungi kunda zamonaviy futbol oldida turgan sport tibbiyotining asosiy vazifalari va ularning yechimlariga toʻxtalib oʻtildi. Jarohatlarni oldini olish, davolash, reabilitatsiya qilish yuzasidan ilmiy izlanishlar koʻrib chiqildi. Professional futbolchining sogʻligiga taʼsir oʻtkazishi mumkin boʻlgan turli omillarni nazorat qilish, tibbiy muammolarni oldini olish boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi. Turli yosh toifasidagi Jahon chempionatlarida tibbiy yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va oldindagi rejalar eʼlon qilindi.