Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida “SSKA Moskva” klubi tahlilchi murabbiyi Yevgeniy Shevelev ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda OʻFA va FMTM vakillari hamda turli yosh toifasidagi Oʻzbekiston terma jamoalari tahlilchi mutaxassislari ishtirok etdi.

Suhbat davomida mashgʻulotlar va oʻyinlar davomida futbolchilarning harakatlarini ilmiy tahlil qilish “SSKA Moskva” klubida toʻp surayotgan iqtidorli futbolchimiz Abbosbek Fayzullayev misolida koʻrib chiqildi. Sohadagi zamonaviy metodlar va yangiliklar yuzasidan fikr almashildi. Tahlilchi murabbiylar ishtirokida almashinuv dasturlarini joriy etish, iqtidorli futbolchilarni aniqlashda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.