Free ebooks Library zlibrary project

Bugun 11-fevral kuni “CAFA Women’s Futsal Championship-2024” turnirida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston ayollar futzal terma jamoasi Qirgʻiz Respublikasini yirik 8:2 hisobida magʻlub etdi.

Jamoamizning gollariga Safina Rushaniya (1’), Feruza Turdiboyeva (8’, 20’), Shodiya Tosheva (24’), Maftuna Panjiyeva (25’), Omina Valixonova (29’), Holida Dadaboyeva (40’) mualliflik qildi. Yana bir gol raqib futzalchisi hisobiga yozildi.

Shu tariqa, Farruh Zokirov boshqaruvidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “CAFA Women’s Futsal Championship-2024” turnirida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

1.Eron
2.Oʻzbekiston
3.Qirgʻiz Respublikasi

Shuningdek, jamoamiz vakili Sevara Nurullayeva turnirning eng yaxshi darvozaboni, deb topildi.