Barchamizga yaxshi ma’lumki joriy 2020-yilda koronavirus pandemiyasi futbol sohasiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi, xalqaro va mahalliy musobaqalar taqvimidagi uzilishlarga sababchi bo‘ldi.

Biroq pandemiya sharoitiga qaramay O’zbekiston terma jamoalari muhim musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettirdi, futbol mutaxassislari tahsil olishi va malaka oshirishi uchun yangi o’quv markazi ochildi hamda tarixda birinchi bor O’zbekistonda futbol uchrashuvida VAR tizimidan foydalanildi.

Shuningdek yil davomida hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyati yanada qo’llab-quvvatlandi, bolalar-o’smirlar va ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida yurtimiz bo’ylab turli musobaqa va tadbirlar tashkil etildi, xalqaro futbol tashkilotlari bilan amaldagi loyihalar muvaffaqiyatli davom ettirildi hamda Prezidentimizning tegishli farmonlarining ijrosi bo’yicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi.

Quyidagi video lavhada O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2020-yil davomida amalga oshirgan ishlariga birma-bir to‘xtalib o‘tamiz.