Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qator farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Bugun, 28-dekabr kuni Ko‘ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o’tdi.

E’tiborlisi, mukofotlanganlar ro’yxatidan O’zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham o’rin olgan bo’lib, tajribali mutaxassisimiz davlat rahbaridan mukofotni qabul qilib oldi.

Ma’lumot o’rnida, Ravshan Haydarov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoniga loyiq ko’rilgandi.